Talabalar turar joyida yashovchi yoshlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Dekan kubogi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi musobaqada ishtirokchilar voleybol bo‘yicha o‘zlarining sport mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

Fakultet dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Paluaniyazova, tyutorlar va fakultet talabalar kengashi yetakchisi D.Abdiramanova tomonidan tashkil etilgan musobaqa juda qiziqarli, raqobatga boy, shuningdek, o‘zaro do‘stona ruhda o‘tdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.