“Do‘stlik festivali”: Xalqlar do‘stligi kuylangan konsert dasturi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida xalqlar do‘stligi konsert dasturi tashkil etildi.
Dastlab ishtirokchilar institut talaba-yoshlarining qo‘l mehnati va tasviriy san’at namunalari, qo‘lga kiritgan yutuqlari aks etgan ko‘rgazma bilan tanishdi.
Institutning “To‘maris” xalq ansambli va musiqiy ta’lim yo‘nalishining iqtidorli talaba-yoshlari ijrosidagi millatlararo totuvlik hamda do‘stlik tarannum etilgan konsert dasturi mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
NukusDPI matbuot xizmati.

