Talaba-yoshlar “aql gimnastikasi” bo‘yicha imkoniyatlarini sinab ko‘rdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

O‘zaro do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar “aql gimnastikasi” bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

G‘olib va sovrindorlar institut sport klubi tomonidan diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.