DJ-shou dasturi “Do‘stlik festivali” ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida DJ-shou dasturi tashkil etildi.
Dastlab yurtimizga mehmon bo‘lib kelgan barcha talaba-yoshlarga minnatdorchilik bildirilib, ularning har biriga institut rektorati nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar taniqli dijeylar ijrosidagi jozibali musiqalarga raqsga tushib, vaqtini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
