Oʻzbek tili kafedrasi professor-oʻqituvchilari Niyde Оmар Halisdemir universitetiga tashrif buyurdi

Turkiya Respublikasi Niyde universiteti professori, filologiya fanlari doktori Muhabbat Qurbonova bizni – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili kafedrasi mudiri Sh.Yuldasheva va kafedra oʻqituvchilari D.Kabulova, G.Yusupovalarni Niyde Оmар Halisdemir universitetiga taklif qildi.

Bu tashrifdan boshimiz osmonga yetdi. Dastlab Fan adabiyot fakultetida, Zamonaviy turkiy tillari va adabiyotlari boʻlimi boshligʻi prof. Dr. Hikmat Koʻrash qabulida boʻldik. Turkiy tillar va ularning ravnaqi, sohada faoliyat olib borayotgan turkiyshunos olimlarning tadqiqotlari, kelajakda hamkorlikda qilinajak ilmiy ishlar, hamkorlikda tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan global muammolarga bagʻishlanadigan konferensiyalar, xalqaro loyihalar haqida qizgʻin va samimiy suhbat tashkil qilindi.

Zamonaviy turkiy tillari va adabiyotlari boʻlimi professorlari va doktorantlari Dr. Kabi Kobatariyan,  Gulnur  Tlaganova, katta oʻqituvchi Perizat Yertayeva, tadqiqotchi Mesut Sonmas, Umsunay Shumasheva, Ziyoda Artikmatovalar bilan boʻlgan kichik seminar har ikki tomon uchun juda samarali boʻldi. Ayniqsa bizning institutimizda ta’lim oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman tilida olib boriladigan sinflar uchun oʻqituvchilar tayyorlanishi Niyde universiteti jamoasida oʻta qiziqish uygʻotdi va bundan juda mamnunligini bildirdilar.

Tanishuvdan boshlangan tadbir keng miqyosdagi rejalarga ulanib ketdi. Ta’lim fakulteti dekani professor Dr. Bekir Chinar qabulidagi suhbat esa har ikki oʻquv dargohi oʻrtasidagi memorandum loyihasini tayyorlashga bagʻishlandi. Biz tomonimizdan tayyorlangan va Fan va adabiyotlar, Ta’lim fakultetlariga sovgʻa qilingan bosma va elektron kitoblar mezbonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Biz olam-olam taassurotlar va kelajak rejalar xayoli bilan Niyde universiteti hamda bu manzildagi oʻta samimiy insonlar bilan yana diydorlashguncha deb xayrlashdik.

 

Sh.Yuldasheva,

Oʻzbek tili kafedrasi mudiri.