NukusDPIda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo‘lib o‘tmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o‘tkazilmoqda.
Unda talaba-yoshlar belgilangan mezonlar asosida turli sport mashqlarini bajarib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazmoqda.
Ushbu jarayon tajribali mutaxassislar va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va salomatligini mustahkamlash asosiy maqsad etib belgilangan.
NukusDPI matbuot xizmati.
