Institutda tabiiy fanlarning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan respublika konferensiyasi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida “Tabiiy fanlarning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiya tabiiy fanlar sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini muhokama qilish, zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlaridan professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Konferensiyaning ochilish plenar majlisida biologiya, ekologiya, kimyo, geografiya, fizika va tabiiy fanlarning boshqa yo‘nalishlariga oid dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni bartaraf etish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda yosh olimlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Konferensiya ishtirokchilari ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Tadbir yakunida konferensiyaning tabiiy fanlar rivoji, ilmiy-tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va yosh olimlarni rag‘batlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Konferensiya belgilangan sho‘balar bo‘yicha o‘z ishini davom ettirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
