Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Bugun, 19-may kuni Respublika ishchi guruhi a’zosi I.Choriyev Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot ishlarining borishini o‘rgandi.
O‘rganish davomida institutda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlar, jumladan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan foydalanishning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari, shuningdek, bu boradagi asoslovchi hujjatlar, targ‘ibot materiallari ko‘zdan kechirildi.
Tadbir davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
