Matematika bo‘yicha ochiq fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida matematika bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ochiq fan olimpiadasi yuqori darajada tashkil etildi.
Bugun, 19-may kuni fan olimpiadasi g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rektori v.b. Q.Qodirov, Respublika ishchi guruhi a’zosi I.Choriyev, institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Ibragimov, matematika kafedrasi mudiri B.Prenov, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda tegishli mutasaddilar so‘zga chiqib, fan olimpiadasi g‘oliblarini tabrikladi.
Shunday qilib, matematika bo‘yicha ochiq fan olimpiadasi yakunlari bo‘yicha:
“A” toifasida:
1-o‘rin – Indira Satniyazova (Qoraqalpoq davlat universiteti);
2-o‘rin – Hurliman Qoylibayeva (Qoraqalpoq davlat universiteti);
2-o‘rin – Ismetulla Naurizbayev (Nukus davlat pedagogika instituti);
3-o‘rin – Jeyhun Bekiyev (Qoraqalpoq davlat universiteti);
3-o‘rin – Javohir Avezov (Nukus davlat pedagogika instituti);
3-o‘rin – Fayzulla Mahambetaliyev (Qoraqalpoq davlat universiteti);
“B” toifasida:
1-o‘rin – Hurliman Joldasova (Nukus davlat texnika universiteti);
2-o‘rin – Danil Qosbergenov (Nukus davlat texnika universiteti);
2-o‘rin – Zuhra Tursinbayeva (Nukus davlat texnika universiteti);
3-o‘rin – Allayar Jumabayev (Nukus davlat texnika universiteti);
3-o‘rin – Qayirbek Qayipov (Qoraqalpoq davlat universiteti);
3-o‘rin – Islam Shinibayev (Nukus davlat texnika universiteti) larga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar institut rektorati tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, fan olimpiadasini tashkil etishda yordam bergan oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga tashakkurnomalar, faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga faxriy yorliqlar topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
