“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan talabalarga minnatdorlik bildirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining final bosqichida g‘olib bo‘lgani haqida avval xabar bergan edik.
Institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni tabrikladi.
Ularning startap va innovatsion loyihalarini amalga oshirish, iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish ishlari kuchaytirilishini ta’kidladi hamda barcha g‘oliblarga kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.