NukusDPI talabalari Namanganda o‘tkazilayotgan xalqaro Gullar festivalida ishtirok etdi

Namangan shahrida 65-xalqaro Gullar festivali boshlandi. 50 kun davom etadigan ushbu festival mahalliy sayyohlar bilan birgalikda bir necha o‘n minglab xorijiy sayyohlarning ham diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Shahardagi Zahiriddin Muhammad Bobur bog‘i, Afsonalar vodiysi bog‘i va Yangi O‘zbekiston bog‘ida davom etayotgan festivalning ochilish marosimida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bir guruh talaba-yoshlari va vakillari ishtirok etdi.