Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Olimpiya shaharchasi sport inshootlari bilan tanishdi

“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari republika bosqichining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga yetib borgan 79 nafar oliy ta’lim tashkiloti rahbarlari Olimpiya shaharchasi sport inshootlari bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan bunyod etilgan ushbu muhtasham inshootlar yurtimizda sportni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi.