Biologiya mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida magistraturada o‘qishni xohlovchilar diqqatiga!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti va Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahridagi L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti 2026-2027-o‘quv yili uchun biologiya mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi doirasida magistratura bosqichida o‘qishga taklif etadi.
Bunda siz Yevrosiyo milliy universiteti umumiy biologiya va genomika kafedrasida “7M01513 – Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha hamda Nukus davlat pedagogika instituti biologiya kafedrasida “70510101 – Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qib, ikkita oliy ta’lim muassasasining diplomi bilan tugatish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
O‘qishning birinchi kursi Nukus shahrida, ikkinchi kursi Ostona shahrida tashkil etiladi.
Muhimi, bunda sizdan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi.
Qo‘shma ta’lim dasturi asosida o‘qishni xohlovchi talabalar institutning Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasiga kelib murojaat qilishlari mumkin.
Manzil: Nukus shahri P.Seytov ko‘chasi raqamsiz uy (NukusDPI 2-sonli o‘quv binosi).
NukusDPI matbuot xizmati.