Institutda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari tashkil etilmoqda. Mazkur imtihonlar talabalarning o‘quv jarayonida egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy kompetensiyalarini baholashga xizmat qilmoqda.
Yakuniy attestatsiya jarayonlari amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida, shaffoflik va xolislik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda. Imtihonlarda davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan bitiruvchilarning mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilim va malakalari atroflicha sinovdan o‘tkazilmoqda.
Institut rahbariyati tomonidan imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish, talabalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda korrupsion holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari bitiruvchilarning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga mustahkam zamin yaratish, ularning bilim va salohiyatini obyektiv baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar imtihonlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va tayyorgarlik darajalarini namoyon etmoqdalar.
NukusDPI matbuot xizmati.
