NukusDPI talabasi Sherzod Yuldashev – “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning bronza medali sohibi

Bugun, 9-iyun kuni Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari respublika bosqichining yakuniy o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Stol tennisi bo‘yicha erkak talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqa juda qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.
Quvonarlisi, musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Sherzod Yuldashev faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning tantanali yopilish marosimi bugun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
