Kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalari malakaviy amaliyot ishlarini olib bordi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti kimyo ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabalari poytaxtimiz Nukus shahri va uning atrofida, shuningdek, belgilangan joylarda malakaviy amaliyot ishlarini olib bordi.
Xususan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ markaziy laboratoriyasi, Nukus suv tozalash inshooti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari va obyektlarida bo‘lib, nazariy bilimlarini mustahkamladi.
