NukusDPI talabasi Aysha Jumambetova “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi” sport musobaqalari g‘olibi

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Sport bilan baxtli hayot sari!” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Stol tennisi, shaxmat, shashka va yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan ishtirokchilar, vazirlik va tashkilotlarning faol ayollari, sportchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Quvonarlisi, yengil atletika bo‘yicha 200 metr masofaga yugurish musobaqasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Aysha Jumambetova 1-o‘rinni egalladi va “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi g‘olibi bo‘ldi.
Sportchini musobaqaga murabbiyi A.Jumanov tayyorladi.
Ma’lumot o‘rnida, musobaqa yakunlari bo‘yicha umumjamoa hisobida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-o‘rinni egalladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
