Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va blogerlarga bayram tabrigi

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va blogerlarga bayram tabrigi
Jurnalistika – qiyinchiliklari ko‘p, mashaqqatli, shu bilan birga, har tomonlama bilimli bo‘lishni, hayotiy tajribani talab qiladigan soha hisoblanadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ushbu sohani chinakam “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarish, so‘z, axborot olish va tarqatish erkinligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli, tarixiy ishlar amalga oshirildi.
Buning natijasida 2016-2026-yillarda respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan ommaviy axborot vositalari soni bir necha barobar ko‘paydi. Ayniqsa, an’anaviy va audiovizual ommaviy axborot vositalari bilan birga, onlayn nashrlarning ko‘paygani, ularning jamiyat hayotining faol ishtirokchilari bo‘lib, davlat va jamiyat o‘rtasida chinakam ko‘prik vazifasini o‘tayotganini alohida ta’kidlash joiz.
O‘z ijodiy ishlari orqali xalqimizga ham, jamiyatimizga ham sidqidildan xizmat qilib kelayotgan, doimo hushyor, o‘z ustida tinimsiz izlanib, azaliy burchini ado etib kelayotgan hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarni bugungi kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz.
Doimo yangilik tarafdori, targ‘ibotchisi bo‘lgan siz kabi fidoyi insonlarning ijodiy ishlaringizda muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga omonlik, o‘zlaringizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat tilaymiz.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorati va jamoasi.