“Erudit-kvartet” intellektual o‘yini bo‘yicha “Rektor kubogi” turniri g‘oliblari taqdirlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Yoshlar oyligi” va “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Erudit-kvartet” intellektual o‘yini bo‘yicha o‘tkazilgan “Rektor kubogi” turniri g‘oliblari taqdirlandi.

Turnir yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:

1-o‘rin – “Magistrlar” jamoasi (Magistratura bo‘limi);

2-o‘rin – “Shejire” jamoasi (Tarix fakulteti);

3-o‘rin – “Dembermes” jamoasi (Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti).

G‘olib va sovrindorlar diplom, shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.