Magistraturaga qabul boshlandi

Bugun, 1-iyul kunidan respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

2026-2027-oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Kerakli hujjatlar: 

1) Bakalavr diplomi;

2) Chet tilini bilish sertifikati.

Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida roʻyxati.

Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:

1) Tegishli yutuqlari mavjud;

2) Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar);

3) Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan talabgorlar.

NukusDPI matbuot xizmati.