Faol talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” hamda “Dolzarb 90 kun” doirasida institut rektori v.b. Quvondiq Qodirovning faol talaba-yoshlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.

Uchrashuvda talaba-yoshlarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi, ilmiy-tadqiqot, sport, madaniyat va san’at yo‘nalishlaridagi faolligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida institut rektori v.b. Q.Qodirov mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, talabalarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Faol talaba-yoshlar tomonidan ta’lim sifati, innovatsion loyihalar, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator takliflar bildirildi. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.