Kasbiy (ijodiy) va IQ imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toshkent davlat yuridik universitetining xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik hamda raqamli huquq ta’lim yo‘nalishlariga IQ bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 62 ta oliy ta’lim tashkilotida o‘tkaziladi.
Kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihonlarining aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnomalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.
Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni ruxsatnomalarini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.
NukusDPI matbuot xizmati.