NukusDPIda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni yuqori tashkilotchilik bilan davom etmoqda: Jismoniy madaniyat

Bugun, 8-iyul kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida davom etmoqda.
Xususan, jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishiga qabul uchun abituriyentlar 100 metr va 1 000 metr masofaga yugurish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlar bugun, 8-iyul kuni yakunlanadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
