Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar kun tartibi

Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar 

Nukus shahri 2026-yil 10-iyul soat 14:00 

Kun tartibi:

1. Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi boʻyicha ilmiy ishni muhokama qilish masalasi.

2. Turli masalalar. 

Birinchi masala boʻyicha ma’lumot

1. Chirchiq davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti Rustamova Shohista Alisher qizining “Maxsus texnologiyalar vositasida talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokamasi.

Ilmiy rahbar:

fizika-matematika fanlari doktori, dotsent Djumabayev Davlatbay Xalillayevich

Taqrizchilar:

pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Allambergenova Muxabbat Xasanbaevna

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ilyasova Zuxra Kenesbayevna

2. Turli masalalar.