DIQQAT, E’LON!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili yakuni bo‘yicha talabalarning “Ijtimoiy faollik indeksi”ni baholashda kitobxonlik madaniyati bo‘yicha test sinovlari https://grant.ndpi.uz platformasi orqali shu yilning 10-iyul kuni soat 23:59 gacha o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Bunda talabgor belgilangan mezon bo‘yicha tavsiya etilgan kitoblar orasidan o‘zi o‘qigan kitoblarni (maksimal 12 tagacha) tanlaydi va shu tanlagan kitoblari orasidan tuzilgan test savollariga (har bir test savoli uchun bir daqiqadan – jami 60 daqiqa vaqt belgilangan) javob beradi. Test yakunida umumiy to‘plangan ball hisobini tasdiqlovchi faylni yuklab oladi va talaba tomonidan yil davomida o‘qilgan kitoblar soni degan bo‘limga (o‘qilgan kitoblar soniga qarab) yuklaydi.
Shuningdek, to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantiga talabgorlar “Ijtimoiy faollik indeksi”ni baholashda qaror bo‘yicha belgilangan indikatorlar uchun tasdiqlangan ma’lumotlarini, yutuqlari bo‘yicha asoslovchi hujjatlarini, “Besh tashabbus” doirasida tashkil etilgan to‘garaklarda qatnashganligi yoki rahbarlik qilganligi, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashganligini tasdiqlovchi hujjatlarni 2026-yil 10-iyul kuni soat 23:59 ga qadar https://my.hemis.uz platformasiga yuklashlari lozim. Har bir yuklangan ma’lumotlar tyutorlar hamda tayinlangan mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqiladi va tasdiqlanadi.