Qoraqalpog‘istonda test sinovlari boshlandi

Bugun, 14-iyul kuni mamlakatimiz bo‘ylab 2026-2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul uchun kirish test sinovlari boshlandi.
Nukus shahridagi test sinovlari o‘tkaziladigan joylar qatorida Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi binosida ham abituriyentlar test sinovlarida qatnashmoqda.
Bu yerda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish joylari, test jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati, shuningdek, boshqa zarur sharoitlar yaratildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, test sinovlari kuniga ikki smenada – 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena esa 15:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida jami 31 mingga yaqin abituriyentlar ishtirok etishi kutilayotgan bo‘lib, test sinovlari joriy yilning 23-iyul kuniga qadar davom etadi.
Test sinovlari to‘liq videokuzatuv orqali onlayn translyatsiya qilinmoqda va jarayonni test2026.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
