O‘qishini koʻchirish (koʻchirib tiklash) va qayta tiklash niyatida bo‘lgan talabalar e’tiboriga!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2026-2027-o‘quv yilida o‘qishini koʻchirish (koʻchirib tiklash) va qayta tiklash niyatida bo‘lgan institut talabalari uchun arizalar 2026-yil 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinishini ma’lum qiladi.

Oliy taʼlim tashkilotlariga talabalar oʻqishini koʻchirish (koʻchirib tiklash) va qayta tiklash boʻyicha arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining – transfer.edu.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan – my.gov.uz orqali 2026-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (5-avgust kuni ham) elektron platforma orqali amalga oshiriladi.

Respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishini koʻchirishga barcha talabalar ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi bor talabalarga ruxsat etiladi.

1️⃣Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;
2️⃣Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz” platformasi orqali yuboriladi.

Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda:

➖umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi;
➖xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Oʻqishini koʻchirish (koʻchirib tiklash) va qayta tiklash istagini bildirgan talabalar elektron platformaga oʻzining shaxsiy identifikatsiya maʼlumotlarini kiritadi va oʻziga tegishli quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

1️⃣Akademik maʼlumotnoma yoki transkriptning nusxasi;
2️⃣Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi;
3️⃣Turmush qurganligi to‘gʻrisidagi guvohnoma.

Talabalarning murojaatlari institutning bosh binosidagi 115-xonada qabul qilinadi.

☎️Ma’lumot uchun telefonlar:

+998612294065

+998612294074