NukusDPIda “Dolzarb 90 kun” doirasida sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan sport to‘garaklariga talabalar bilan bir qatorda institut atrofidagi mahallalarda yashovchi yoshlar va maktab yoshidagi bolalar ham qatnashmoqda.

To‘garak ishlari tajribali murabbiylar rahbarligida tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.

Sport to‘garaklari davomida institut rektorati, sport klubi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan musobaqalar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqalarda ishtirokchilar o‘z mahoratlarini oshirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va sog‘lom muhitda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Institutda “Dolzarb 90 kunlik” doirasida yoshlarning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tadbirlar yoz mavsumi davomida muntazam davom etadi.

NukusDPI matbuot xizmati.