NukusDPIda o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim shakli bo‘yicha maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga respublika oliy ta’lim tashkilotlari va o‘qitish tillari kesimidagi qabul parametrlari taqsimoti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2026-2027-o‘quv yili uchun Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga to‘lov-kontrakt asosida jami 500 o‘rin, shundan 200 ta o‘rin qoraqalpoq, 200 ta o‘rin o‘zbek hamda 100 ta o‘rin rus guruhlariga qabul uchun ajratildi.

NukusDPI matbuot xizmati.