Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Bugun, 21-iyul kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Imtihonlar ikki smenada – 1-smena 08:30 da mutaxassislik fanlaridan, 2-smena 15:00 da majburiy fanlar bo‘yicha tashkil etildi.
Kirish imtihonlarining adolatli tarzda, qonun talablari asosida o‘tkazilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ko‘zi ojizlar jamiyati, shuningdek, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mutaxassislari tomonidan nazorat qilib borildi.
Ma’lumot uchun, imtihon natijalari institut rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari orqali e’lon qilinadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
