NukusDPI Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Yerniyaz Qasimov taqdirlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Yerniyaz Qasimov yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, talabalarning siyosiy, huquqiy madaniyatini yuksaltirishdagi samarali xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Faxriy yorliq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashida tantanali ravishda topshirildi.

Institut jamoasi nomidan Yerniyaz Qasimovni muvaffaqiyati bilan tabriklab, kelgusi ishlarida yuksak natijalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.