Ta’lim tizimidagi aloqalar davlatlar oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini mustahkamlaydi

Bugungi rivojlangan axborot asrida davlatlarning oʻzaro bir biri bilan mustahkam doʻstlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda yuksak darajada tashkil etilgan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy uchrashuvlar katta ahamiyat kasb etadi.
Qoʻshni davlatlarimizdan biri boʻlgan Qozogʻiston Respublikasi bilan ham ijtimoiy-ma’rifiy sohalarda mazmunli aloqalar olib borilmoqda. Bir haftadan buyon institutimiz bosh binosida joylashgan filologiya fakultetiga Qozogʻiston Respublikasi Nur-sulton shahrida joylashgan L.N. Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universtiteti professor-oʻqituvchilari filologiya fanlari doktori, dotsent Gulgʻaysha Sagʻidolda, filologiya fanlari nomzodi assotsiativ professor, Qarilgʻash Sarakenovalar har bir guruhlarda yuksak darajadagi seminar darslarini tashkillashtirdilar. Olimalarimiz Qozogʻiston va Oʻzbekiston taʻlim tizimidagi oʻxshashliklar va farqli jihatlar haqida gapirayotib, Qozogʻistonning oʻquv yurtlarida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar haqida ham aytib oʻtdilar. Professor-oʻqituvchilar oʻz tadqiqotlari haqida ham ma’lumotlar berdilar. Ayniqsa, biz talabalar uchun turkologiya sohasidagi yangliklar,qilinayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar juda qimmatli ma’lumotlardan biri boʻldi.
24-may kuni esa fakultetimizdagi turli millatga mansub talabalar oʻz milliyligini namoyish qiladigan kuy qoʻshiq va raqslarini mehmonlar e’tiboriga havola qilishdi. Tadbir soʻngida olimalarimizga Insitutimiz maʻmuriyati tomonidan minnaddorchilik bildirilib, sertifikatlar topshirildi. Tadbir yakunida Gulgʻaysha Sagʻidolda soʻzga chiqdi va Institumiz haqidagi ijobiy taassurotlarini bildirib, biz talaba yoshlarni doʻstlarimiz bilan bilim-malaka almashish uchun Qozogʻiston Respublikasiga taklif etdi.
Fotima Eshimbetova,
2-b guruh talabasi.