Filologiya fakultetida institutimiz boʻylab professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan kitobxonlik taqdimoti oʻtkazildi

25-may kuni filologiya fakultetida institutimiz boʻylab professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan kitobxonlik taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbirni filologiya fakulteti oʻzbek adabiyoti kafedrasi jamoasi tashkillashtirdilar. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni kitobxonlikka kitobsevarlikka chorlashdan iborat boʻldi.

3-kurs talabalari G.Karimova «Baxt sohili» va I.Xasanovalarning   «Dunyodagi dunyolarimsan» she’riy toʻplamlari oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.d.(PhD) F.Sapayeva muharrirligi ostida nashrdan chiqdi.  Uyushtirilgan tadbir aynan mazkur kitob taqdimoti bilan bogʻliq boʻldi.

Unda institut ma’naviyat boʻlim boshligʻi Sh.Ayapov, filologiya fakulteti dekani B.Dauletov, dekan muovini J.Sultanmuratov, oʻzbek tili va adabiyoti kafedralari oʻqituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Tadbir qizgʻin, yuqori saviyada tashkil etildi.

 

F.D.Sapayeva,

Oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.d.(PhD).