Xorijiy fuqarolar qabuli

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2025-2026 o‘quv yiliga o‘qishga xorijiy fuqarolarini taklif etadi.

 2025-2026 o’quv yiliga xorijiy fuqarolarni qabul qilish

Asosiy ma’lumot

Xorijiy fuqarolarni 2025-yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinishini ma’lum qiladi. Xorijiy fuqarolar universitetning 83 bakalavr ta’lim yo’nalishiga hujjat topshirishi mumkun. Abiturientlar suhbat asosida qabul qilinadi.

Hujjat topshirish muddati: 10-avgust 2025-yil

Xorijiy fuqarolardan qabul qilinadigan hujjatlar
  • Pasport va xorijga chiqish pasporti
  • O’zbekistonda yashash guvohnomasining nusxasi – (agar mavjud bo’lsa)
  • Xorijiy fuqaroning o’rta yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotini tasdiqlovchi hujjat(shahodatnoma/diplom/sertifikat)ning asl nusxasi o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan hamda notarial tasdiqlangan shakli
  • Tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli)
  • Fotosurat (3,5-4,5); (alohida elektron shakli)
Elektron hujjat topshirish

Talab etiladigan hujjatlarning elektron shakli (PDF shaklida, ko’rsatilgan hujjatlar tartibi raqami saqlangan 1 fayl bo’lgan holda) universitetining xalqaro aloqalar bo’limining admission@ndpi.uz elektron manziliga yuborilishi kerak.

Abituriyentning yashash manzili, telefon raqami, elektron manzili aniq ko’rsatilish kerak.

 
Qo’shimcha ma’lumotlar