Vakant lavozimlar

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandiga muvofiq tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:

oliy ma’lumotga (bakalavr) ega boʻlish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);

qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan boʻlishi;

ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglab etgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega boʻlishi;

namunaviy shaxsiy fazilatlartiga, shu jumladan, madaniyatli, mas’uliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor boʻlish;

mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlish.

Ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.

Izoh: Institutda hozirgi kunda tyutorlik  bo‘sh ish o‘rni mavjud emas.