San’atkorlar va talaba-yoşlar uçraşuvi bölib ötdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti taşabbusi bilan talaba-yoşlarning ma’naviy dunyoqaraşini boyitiş, milliy madaniyat va san’atga bölgan qiziqişini oşiriş, ularda milliy qadriyatlarga hurmat tuyğularini mustahkamlaş maqsadida Qoraqalpoğiston xalq jirovi Janibek Piyazov va Özbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi xonandasi Uzaqbergen Doşbayev bilan ijodiy uçraşuv taşkil etildi.
Samimiy va kötarinki ruhda ötgan uçraşuv davomida san’at ustalari öz ijodiy faoliyati, san’at yölidagi izlanişlari va hayotiy tajribalari bilan örtoqlaşdi. Şuningdek, milliy musiqa san’atini asrab-avaylaş, yoş avlodga yetkaziş va uning rivojiga hissa qöşişning ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi.
Ayniqsa, qoraqalpoq xalq jirovçilik san’ati, uning boy tarixi va öziga xos an’analari, xalq oğzaki ijodi namunalarini kelajak avlodga yetkaziş masalalari iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Uçraşuv davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarni berib, san’atkorlar bilan muloqot qildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
