NukusDPIning “Nur” jamoasi tanlovda faxrli örinni egalladi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida talaba-yoşlar örtasida milliy qadriyatlarni keng tarğib qiliş, ajdodlar merosiga hurmat ruhini oşiriş va yoşlarning adabiy-ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş maqsadida taşkil etilgan “Umummilliy qadriyatlar atrofida birlaşamiz!” tanlovining hududiy bosqiçi bölib ötdi.
Tanlovda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi barça oliy ta’lim muassasalaridan iqtidorli talabalar iştirok etdi.
E’tiborlisi, tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Nur” jamoasi yoşlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş mavzusiga bağişlangan sahna körinişi bilan qatnaşib, faxrli 2-örinni egalladi.
Ğolib va sovrindorlar taşkilotçilar tomonidan rağbatlantirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
