O‘qituvchilik kasbiga ilk qadam…
Tarix-geografiya fakulteti Geografiya o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari hozirgi kunda Nukus shahridagi 38-umumta’lim maktabida Davlat pedagogik amaliyotini o‘tashmoqda. Ular tomonidan shu yilning 26-oktabr kuni Ajiniyoz nomidagi NDPI huzuridagi XTHQT va UMOHM da «O‘qituvchilikga ilk qadam…» shiori ostida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda 4-bosqich talabalari To‘rayev Behruz va Dushamov Doniyor o‘zlarining mavzularida mahorat darsi o‘tishdi. Mahorat darsini markaz direktori Dilanov Bekmurza va Tarix-geografiya fakulteti dekani Maman Saribayevlar ochib berishdi.
Mahorat darsida maktab o‘qituvchi-tinglovchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad shuki biz talaba yoshlar ertangi kunda qanday mahoratli pedagog bo‘lishimiz, geografiyani yanada chuqurroq o‘rganishimiz, fan muammolari bilan hamnafas bo‘lishimiz va zamonaviy talablarga mos ravishda darsni tashkillashtirish haqida tadbir qatnashchilariga o‘z fikr-mulohazalarimizni gapirib berdik. 4-B kurs talabasi To‘rayevBehruz o‘zining «Urbanizatsiya kechish jarayoni» mavzusida mahorat darsini boshlab berdi. Hozirgi kunda dunyoda urbanizatsiya jarayonining kechishi va undan kelib chiqayotgan muammolar haqida aytib o‘tdi va misol tariqasida Nukus shahrining janubiy-sharqqa tomon tobora kengayib borishi hamda aholining o‘sish suratlari haqida gapirdi. U mavzuni interfaol metodlar va «Shaharlarni top», «Rasmlarni so’zlatish», «O‘yla, izla, top» o‘yinlari orqali kengroq tushuntirib berdi. Yana bir guruhdoshimiz Dushamov Doniyor o‘zining «Maktabda geografik kartalardan foydalanish muammolari» mavzusida maktab o‘quvchilari geografik kartalar bilan qanday ishlash kerakligini, kartalar geografiya fanining asosiy quroli ekanligini ta’kidlab o’tdi. «Geografiya-karta bilan boshlanib karta bilan tugaydi» deb Baranskiy bejiz aytmagan.
Tadbir yakunida hayat a’zolari so‘zga chiqib talabalarning yutuq va kamchiliklarini baholab o‘zlarining maslahatlarini berib o‘tishdi. Keyin esa tinglovchilar tomonidan fikr-mulohazalar aytib o‘tildi. Bundan tashqari maktablarda geografik kartalar va globuslar yetarli emaslig muammo sifatida ko‘rsatib o‘tildi. Xulosa qilib shuni aytishimiz joizki, bizlarning bu mahorat darsimiz keying ishlarimizda asqotadi deb o‘ylaymiz. Zero «O‘qituvchilikga ilk qadam…»ni shu yerdan boshlagan bo‘lsak ajab emas!
Otaxon Yo‘ldoshev,
Tarix-geografiya fakulteti 4-kurs talabasi.