O`quv-uslubiy boshqarma

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i:

Abdiev Azamat

 Tel:

+(93)363 50 05

+(61)229 41 03

E-mail: abdiev79@mail.ru

  

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonli Qarorida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim sifatini oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash maqsadida 2017-2021 yillar oralig‘ida oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturining tasdiqlanganligi ta’lim jarayoniga katta e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.

Dasturda o‘quv binolari, talabalar turar joylari, axborot-resurs markazlari va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hisobiga yangi o‘quv xonalari tashkil etish, yangi o‘quv-laboratoriya majmualari sotib olish, auditoriyalarni kompyuter texnikasi bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

Qaror asosida 2018-2019 o‘quv yillarida Magistratura bo‘limida – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika), Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya), Ona tili va adabiyoti (Qoraqalpoq tili va adabiyoti), Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya), Ona tili va adabiyoti (Rus tili), Chet tili va adabiyoti (Ingliz tili) magistratura mutaxassisliklari hamda 2020-2021 o‘quv yilida – Tasviriy san’at va amaliy bezak, Musiqa ta’limi va san’ati hamda Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisliklari ochildi.