AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

ilmiy bo’lim

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo`limi

Asosiy vazifalari:

  • • Institutda ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatini tashkil qilish;
  • • Har bir kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarining samarasini reyting usulida aniqlab borish;
  • • Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyati bo`yicha fakul`tet va kafedralarning faolligini muvofiqlashtirish;
  • • Institutning ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash rejasini ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta`minlash
  • • Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash masalalariga oid O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at Qarorlari, buyruqlari, xatlari, shuningdek, rektor buyruqlarining fakul`tetlar va kafedralarda bajarilishini ta`minlash va uning monitoringini olib borish;
  • • Institutning korxona, tashkilot va O`zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Ilmiy tadqiqot institutlari, Ilmiy markaz lar, yetakchi oliy o`quv yurtlari bilan ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash yo`nalishida birga ishlashish shartnomalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish ;
  • • Ilmiy-tadqiqot ishlari hisobotlarini tayyorlash va uni yuqori tashkilotlarga taqdim etish;
  • • Ilmiy anjumanlar va seminarlar tashkil etish, ularni yuqori saviyada o`tkazilishini ta`minlash;
  • • Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash masalalari bo`yicha institut Kengashiga materiallarni tayyorlash va qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • • Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari bo`yicha yarim yillik va yillik hisobotlarini tayyorlash;
  • • Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etayotgan pedagog- xodimlarni moddiy va ma`naviy rag`batlantirishga tavsiyalar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;
  • • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va rivojlantirishga oid bo`lgan farmon, qaror, nizom, buyruq va boshqa me`yoriy hujjatlardan doimiy ravishda xabardor bo`lish va ularni xodimlarga o`z vaqtida yetkazib borish;
  • • Doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning hisobotlarini qabul qilish va ularning attestatsiyasini tashkillashtirish.