1-2 bo`limlar
1-2 bulimlari muxandisi Bekmuratova D.T
Institutning 1-2 bo`limlari harbiy xizmatga borganligi yoki xizmatga chakirilganligi ularning hisobda turganligi haqidagi harbiy guvohnomasi,yashash manzilida hisobda turishi ishlari bilan shug`ullanadi. Xar yili javobgar xodimlarga harbiy xizmatga borganligi bo`icha Bron va xizmatda bo`lganlar haqida ishlarini va Mudofaa ishlari bo`limiga talab qilingan Xarbiy hisob bo`yicha xujjatlarga talabnoma berishini tamiynlaydi. Ishga qabul qilinganlar yoki ishdan bo`shaganlar to`g`risida mudofaa ishlari bo`limini etti kun ichida xabordor qilish.(tuzilgan shakl bo`yicha). Xarbiy xizmatda bo`lganlar va chaqiriluvchilarni yashash manzili ish joyining o`zgarishi haqidagi ma`lumotlarni doimiy ravishda bildirib borish (etti kun ichida zarurati tug`ilsa F-4 guvohnomasiga T-2 shakldagi shaxsiy kartasiga o`zgartirish kiritish).
Mudofaa ishlari bo`limiga harbiy xizmatni o`tab kelganlar va harbiy xizmatga chaqiriluvchilar to`g`risida ma`lumotni etkazib borish. T-2 shakldagi shaxsiy varaqaning hammasini harbiy guvohnoma yoki chakiriluvchilar guvohnomalarini mudofaa bo`limida aniqlash va tekshirilganligi haqidagi belgini T-2 shakliga belgilab borish. T-2 shakl kartani Forma-4 guvohnomasini hisobga olinganligi haqidagi kartani va mudofaa ishlari bo`limiga ogohlantirish tekәiruvdan o`tkazish Institutda harbiy xizmatda bo`lganlarning va Bronlashtirilgan shaxslarning harbiy hisobdagi holati haqida tekshiruv o`tkazish. 6-«B» sonli shakldagi hisobot bo`yicha bronlashtirilgan, harbiy xizmatda bo`lganlar va chaqiriluvchilar, ishchi xodimlar to`g`risida ma`lumotni tayyorlash va mudofaa ishlari bo`limiga taqdim etish ishlarini olib boradi.