Media hamkorlik

Bugun Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Nukus Davlat Pedagogika institutining yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining matbuot kotibi, media guruh rahbari Davletova Mashhura mehmonimiz bo‘ldi.

Institutimizning matbuot kotibi, media guruh rahbari Saidov Doston mehmonimizga institutimizda yoshlar ittifoqida media guruhi va matbuot qanday tashkil etilgani haqida ma’lumot berdi.

Institutimizda tashkil etilgan qulayliklarni ko‘rgan NDPI talabasi Mashhura juda ham xursand bo‘ldi.

Ikki institut media guruh rahbarlari kelgusida birga ishlashda hamkorlikni o‘rnatdilar. Mashhura Davletova institutimiz yoshlar ittifoqi BT matbuot kotiblari bilan ham yaqindan masalalarni muhokama qildi.

Tashrif oxirida NDPI talabasi bizning faoliyatga omad tilab qoldi. Biz ham ularga oq yo‘l tilab qoldik.

 

Manba: https://telegra.ph/Media-hamkorligi-11-16