Ta’lim sifatini nazorot qilish bo’limi
Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi boshlig’i
Asamaddinov Ergash Allambergenovich
+99861-229-40-65
talimsifati@ ndpi.uz
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 20 aprelda «Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-2909-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalarni ijro etish va oliy ta`lim tizimida samaradorlikka erishish maqsadida 2017 yilning 18 iyul` kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi 515-sonli qarori qabul qilindi va Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta`lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tashkil etildi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosida O`zbekiston Respublikasining barcha oliy ta`lim muassasalarida 2017 yilning dekabr` oyida Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limlari o`z faoliyatini boshladi. 2017 yil 28 dekabr` kuni Nukus davlat pedagogika instituti tarkibidagi Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi tashkil etildi va o`z faoliyatini boshladi. O`zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tavsiyasiga binoan institutning 2018 yil 3 sentyabr` kuni 230 n/2-sonli buyrug`i bilan Asamaddinov Ergash Allambergenovich mazkur bo`limning boshlig`i qilib tayinlandi. SHuningdek, O`zR Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-sonli qarori 14-bandiga muvofiq institutning 2018 yil 8 yanvar kungi 18 n/2-sonli buyrug`i bilan Turganbekov Ruslan Utepbergenovich va 2018 yil 4 sentyabr` kungi 269 n/2-sonli buyrug`i bilan Tashanov Qahramon Yuldashevich bo`limning bosh mutaxassislari qilib tayinlandi. Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi o`z faoliyatini O`zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi va O`zR Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 13 va 51-q/q-sonli qo`shma qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta`lim muassasalari tarkibidagi Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi to`g`risida»ga namunaviy Nizom, tegishli tartibda tasdiqlangan ish rejasi asosida olib boradi. Bo`limning asosiy vazifalari institutimiz talabalarining egallagan bilimlarining davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini o`rganish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va institutimizning ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish, shuningdek, ichki attestatsiya natijalarini, ta`lim sifatiga ta`sir qilgan omillar to`g`risidagi ma`lumotlarni institut rektori va Davlat inspektsiyasiga taqdim etishdan iborat.