Erasmus+ dasturining MAGNET loyihasi bo’yicha o’quv jihozlari keldi
2018 yil 17 dekabr NukDPI qoshidagi MAGNET Karyera markazi uchun asbob-uskunalarning ikkinchi yarimi institutimizga yetib keldi. Loyiha Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtiriladi va ushbu markazda o’rta yoshdagi ishsiz aholi kasbga yo’naltirib o’qitiladi. Jihozlar yuqori sifatli va chet elda ishlab chiqarilgan bo’lib, duradgorlik va tikish-to’qish kurslarini tashkillashtirish uchun, kelajakda bo’lsa institutimizning “Mehnat ta’limi” yo’nalishi talabalari uchun o’quv laboratoriyasi bo’lib xizmat qiladi.