Fakul`tetleraro chet tillari kafedrasi
![]() |
Kafedra mudiri: | Kaipbergenova F.T |
| [icon name=»phone» class=»» unprefixed_class=»»] tel.: | (+998-61) 229-40-97 | |
| [icon name=»envelope-o» class=»» unprefixed_class=»»] e-mail: | kaipbergenova1991@gmail.com | |
| [icon name=»edge» class=»» unprefixed_class=»»] kafedra saytı: |
Fakultetlararo chet tillari kafedrasi 1954-yildan beri Nukus Pedagogika Institutida faoliyat yuritib kelayotgan kafedra hisoblanadi. Kafedraning asoschilaridan J.A.Allamuratov, Toshkent davlat pedagogika instituti bitiruvchilari P.Qurbanazarov, A.P.Rogach, M.O.Diment, I.V.Shuxmina, D.J.Lebel bo‘lgan.
Kafedrada bir qancha tajribali o‘qituvchilar – T.Dosanov, T.Ermanov, S.Ya.Virva, A.N.Rublyova, Z.J.Urumbaeva, G.Boranbaeva, A.Bekmuratova, N.Kurtebaeva va U.Iklasovlar faoliyat yuritgan.
Turli yillarda kafedraga K.Orazbaev, filologiya fanlari nomzodi P.Qurbanazarov, Q.Qiyasova, B.Shaniyazov, X.Djumanazarova, filologiya fanlari nomzodi N.Xamidov, D.Berdimuratov, filologiya fanlari nomzodi J.Seytjanov, A.Tajieva va N.Babaniyazovalar rahbarlik qilgan.
Hozirgi kunda kafedrani p.f.n. (PhD), dotsent F.Kaipbergenova boshqarib kelmoqda. Kafedra institutimizning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining barcha mutaxassisliklarida talabalarga chet (ingliz, nemis) tillaridan bilim berishga yo‘naltirilgan.
Kafedra har yili yosh, g‘ayratli va izlanuvchan kadrlar bilan to‘ldirilib, ayni paytda 20 nafar professor-o‘qituvchi talabalar ta’lim-tarbiyasida faoliyat yuritmoqda. Kafedrada 2 dotsent, 1 p.f.n. (PhD), 4 katta o‘qituvchi, 12 assistent o‘qituvchi hamda 1 stajyor o‘qituvchi xizmat ko‘rsatmoqda.
Yurtimizda Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarni oʻqitishning kompleks tizimi, ya’ni har tomonlama rivojlangan, savodli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishda kafedra professor-oʻqituvchilarining qoʻshayotgan hissasi juda katta.Institut bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining barcha mutaxassisliklarida chet (ingliz, nemis) tillarini o‘rgatishda kafedra tajribali, o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lgan o‘qituvchilardan iborat. Hozirda 2 dotsent, 1 p.f.n. (PhD), 4 katta o‘qituvchi, 12 assistent o‘qituvchi hamda 1 stajyor o‘qituvchi talabalarga ta’lim berib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-mayda Oʻzbekiston Respublikasida chet tillarini oʻrganishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisidagi PQ-5117-sonli qaroriga muvofiq, kafedrada barcha oʻqituvchilar chet tilini bilish darajasi boʻyicha S1 sertifikatlariga ega.

2024-yil 15-iyundan 17-iyulgacha jahonda TOP-500 reytinglarida o‘rin olgan Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobi nomidagi Qozog‘iston Milliy Universitetida, kafedra boshlig‘i, dotsent F. Kaipbergenova, p.f.n. (PhD) A. Narshabaeva va assistent G. Kunnazarova ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha faoliyat yuritadi. Ular ta’lim sifatini oshirish davomida Al-Farobi nomidagi Qozog‘iston Milliy Universitetining Ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari haqida, Web of Science platformasi va ta’sir faktori yuqori jurnallarda maqola chiqarish hamda Xirsh (h-indeks) indeksini oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Hozirgi vaqtda kafedraning ilmiy mavzusi «Kafedralari chet tili bo‘lmagan ta’lim dasturlarida chet tillarini o‘qitish va baholash usullari» atamasida. Institut bakalavriat ta’lim dasturlari talabalariga dars jarayonida tinglash, tushunish, o‘qish, so‘zlash va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. Chet tili darslarida talabalar kasbiga yo‘naltirilgan o‘quv qo‘llanmalari, kasbga tegishli maqolalar va darsliklarni tushunish, radio va internet materiallari, intervyular, elektron xatlar, suhbatlarga qatnashish, fikr almashish, aniq masala bo‘yicha ma’lumot olish, ma’lum bir mavzular bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida fakultetlarda seminarlar tashkil etildi.

