Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi!
2018-yil 20-dekabr kuni Nukus davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari Amudaryo tumani 1-sonli maktabida bo‘lib, tumandagi birinchi va to‘rtinchi sonli umumta’lim maktablarining jamoalari bilan ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
„Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi“ mavzusida davra suhbati tarzida tashkil etilgan uchrashuv qizg‘in o‘tdi. Mavzuga doir ma’ruzalar tinglandi, unda asosan, ota-ona va maktab hamkorligi, kitobxonlikning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, yurtimizda so‘nggi yillarda bo‘layotgan ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarishlar, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan dadil siyosiy qadamlar haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv oxirida maktab jamoasi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Hamza Allambergenov,
O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi.