AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Ximiya-biologiya fakulteti tarixi haqida

Kafedra mudiri: t.i.d.A.Kaipbergenov
tel.:
e-mail: ximkaf-ndpi@inbox.uz
veb-sayt:

Fakul`tetning dastlabki poydevori o`qituvchilar institutida 1943-yilning sentyabridan fizika-matematika kafedrasi tarkibida ish boshlagan. Tabiatshunoslik-geografiya bo`limi asosida solinib, u keyinchalik 1948-yili fakul`tetga aylantirildi. Ushbu fakul`tetning birinchi dekani ximik katta o`qituvchisi A.Buleshov bo`ldi. 1959-yili x.f.n. Pak YAkov fakul`tet dekani bo`lib tasdiqlandi. Bundan keyingi 1960-1965-yillar oralig`ida fakul`tetga prof. S.Erejepov, 1967-1968-yillarda A.Tleubergenov, 1969-1986-yillarda dots. K.Aytbaevlar dekan lavozimida ishladi. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan keyin Respublikada maktab o`qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirish maqsadida 1990-1991-o`quv yilida Nukus davlat pedagogika institutining qayta tiklanishi bilan bu fakul`tet tabiatshunoslik nomi bilan 1996-yili 5-sentyabr`da qayta tashkillashtirildi va dekan lavozimida 1996-1998-yillari prof. B.Allamuratov, 1998-2002- yillari dots. SH.Saparov, 2003-2010 yillari dots. SH.Allamuratov, 2010 yildan hozirgi vaqtgacha dots. A.Saparov boshchilik qilib kelmoqda. Fakul`tet respublikamiz va qo`shni viloyatlarning maktab, litsey va kasb-hunar kollejlari uchun ximiya, biologiya sohalari bo`yicha fan o`qituvchilarini tayyorlaydigan 5110300 – «Ximiya o`qitish metodikasi», 5110400 – «Biologiya o`qitish metodikasi» bakalavr ta`lim yo`nalishlari va 5A110401-Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi (biologiya) mutaxassisligining magistratura darajasidagi mutaxassis o`qituvchilarini tayyorlamoqda. Ular bitirgandan keyin respublikaning o`quv va ta`lim-tarbiya muassasalariga kelishilgan o`zaro shartnomalar asosida ishga to`liq joylashmoqda. Talabalar kontingenti respublikaning xalq xo`jaligi talabiga bog`liq yildan- yilga ko`paymoqda. Hozirgi kunda fakul`tetda 503 talaba bakalavr ta`lim yo`nalishi (5110300-«Ximiya o`qitish metodikasi» bakalavr ta`lim yo`nalishida 289 talaba, 5110400-«Biologiya o`qitish metodikasi» bakalavr ta`lim yo`nalishida 214 talaba,) bo`yicha bilim oladi. Ularga 15 mingga yaqin atamadagi 145 mingdan oshiq nusxadagi zaxiraga ega kitobxona, hozirgi zamon texnik uskunalari bilan ta`minlangan, internet bilan ulangan elektron kitobxona va sinflar, kabinet va laboratoriyalar foydalanuvda bo`lib, talabalar bilimining chuqurlashuviga asos bo`ladi. Iqtidorli talabalarga ilmiy darajasi oliy, katta tajribaga ega professor-o`qituvchilar ustozlik qiladi. SHu bilan birga fan a`lochisi va iqtidorli talabalar ichidan 2014-2015 o`kuv yilida ximiya ta`lim yo`nalishi 4-kurs talabasi Orazova SHaxnoza “Ulug`bek” nomidagi davlat stipendiyalarini olishga muyassar bo`ldi. 2017-2018 o`quv yilida Biologiya o`qitish metodikasi bakalavr ta`lim yo`nalishi 4-kurs talabasi Rajabova Sarviniso “Navoiy” nomidagi davlat stipendiya g`olibi bo`ldi. Hozirgi kunda fakul`tetda “Ximiya o`qitish metodikasi” va “Biologiya o`qitish metodikasi” kafedralari bo`lib, o`larda 2 fan doktori, professor, 13 fan nomzodi, dotsentlar, 39 katta va assistent o`qituvchilar bo`lib, bakalavr va magistratura talabalariga dars o`tadi, ilmiy-tadqiqot ishlariga boshchilik qiladi, jami fakul`tetning ilmiy darajaliligi 28,3 % ni tashkil qiladi. Bugungi kunda fakul`tet tarkibidagi Ximiya o`qitish metodikasi kafedrasida texnika fanlari doktori A.Kaipbergenov, Biologiya o`qitish metodikasi kafedrasida biologiya fanlari nomzodi, dotsent F.Otenovalar boshchilik qilmoqda . Fakul`tetning professor-o`qituvchi va talaba yoshlari xalqaro, respublika va institut miqyosida o`tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarga jadal qatnashmoqda. Fakul`tetda 2016-yili 19-20 sentyabr` sanalarida «Biologik hilma hillikni saqlash, qayta tiklash va muhofaza qilish masalalari» atamasida Respublika ilmiy-nazariy anjuman, 2017-yili 16-17 noyabr` sanalarida «Tabiiy fanlarni o`qitish va tadqiq qilish masalalari» atamasidagi Respublika ilmiy-nazariy anjuman o`tkazildi. Bu anjumanlarga respublikamiz OO`YU laridan, O`zRFA ilmiy tadqiqot institutlaridan, o`rta maxsus bilim berish muassasalaridan professor-o`qituvchilar, ilmiy xodimlar, magistrant va talabalar qatnashdi. Fakul`tet kafedralari tarafidan O`zRFA Qoraqalpog`iston bo`liminiң Tabiat fanlari birlashgan, Bioekologiya va Mikrobiologiya Institutlari, Botanika bog`i, Nukus DPI qoshidagi №1 va №2 akademik litseylari, Nukus va Xo`jayli pedagogik kollejlari, Nukus sh. XTB qarashli o`quv muassasalari bilan birga ishlashish shartnomalari tuzilgan bo`lib, bu talabalarning laboratoriya darslarini o`tishda, mutaxasislik va pedagogik amaliyotlarni olib borishga katta yordam bermoqda.

Ximiya laboratoriya xonasi

Ximiya laboratoriya darsida