AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Tarix o`qitish metodikasi kafedrasi

  1. Kafedra haqida qisqacha ma`lumot. Yo`nalishning fan va ta`lim sohasidagi o`rni 5110600-Tarix o`qitish metodikasi umumiy o`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun, tarix bo`yicha o`qituvchi tayyorlash borasida foydalanadigan fanlar, pedagogik mehnat qurollari, usullari, metodlarining yig`indisidan iborat bo`lgan ta`lim yo`nalishi bo`lib hisoblanadi.

Kasbiy xizmat ko`rsatish turlari 5110600-Tarix o`qitish metodikasi yo`nalishi bo`yicha bakalavr o`zining psixologik-pedagogik, umumiy kasbiy va mutaxassis tayyorgarligiga mos quyidagi xizmat turlarini bajarishi mumkin – o`qituvchilik: Umumiy ta`lim maktablarida, akademik litseylar va kasb hunar kollejlarida tarix o`qituvchisi sifatida ishlash; – tarbiyaviy: maktabdan tashqari muassasalarda ishlash; – o`quv uslubiy: SHu yo`nalish bo`yicha ta`limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq yo`nalishlari va  bo`limlaridagi metodik bo`limlarida ishlash. Kasbiy adaptatsiyasi mumkinchiliklari 5110600-Tarix o`qitish metodikasi yo`nalishi bo`yicha bakalavr quyidagi kasbga xos xizmat turlariga moslashuvi mumkin: – tarix muzeylarida: ekskursovod, saqlovchi lavozimlarida. – kutubxonalarda; adabiyotlar bo`yicha ma`lumotlar to`plovchi xodim. Hozirgi vaqtda tarix o`qitish metodikasi kafedrasida jami 25 professor-o`qituvchi, shundan 4 fan doktori, 4 fan nomzodi, 6 katta o`qituvchi va 11 assistent-o`qituvchilar ta`labalarga ta`lim-tarbiya berib kelmoqda.

  1. Kafedra qachon ochildi. 1934-yil Qoraqalpog`istonda yuqori o`quv o`rni–pedinstitutning tashkil qilinishi bilan gumanitar fanlarni, shuning ichida, tarix fanini o`qitish ham yo`lga qo`yildi. 1937-1938 o`quv yilida pedinstitutda Tarix atamasi bilan ochilgan kafedra o`z ishini boshladi.
  2. Kafedrani kimlar boshqardi. 1937-1938 o`quv yilida pedinstitutda Tarix ilmi kafedrasida dastlab A.Tetyushev mudir bo`ldi. 1939 yil 19-dekabrda kafedra boshlig`i vazifasiga YA.Dosumov tastiqlandi. 1942-1943-o`quv yildan boshlab Tarix kafedrasi mudiri lavozimida S.Omarov keyin E.Dilmuxammedovlar faoliyat olib bordi.

1945-yil 1-martdan boshlab, pedinstituta Tarix kafedrasi qayta tuzilib, unga shu vaqtlari Z.Bikkulova, T.Bekimbetov va T.CHigataevlar rahbarlik qildi. 1946-1947-o`quv yilida Qoraqalpoq davlat birlashgan pedagogik va o`qituvchilar institutida tarix bo`yicha ikki kafedra yangidan tashkil qilindi: Umumiy tarix kafedrasi institut direktori T.Bekimbetov va Tarix kafedrasi tarix fanlari nomzodi YA.Dosumov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi. 1951-1952-o`quv yilidan boshlab Umumiy tarix kafedrasiga P.SHmachkov, Tarix kafedrasiga A.Savitskiy (1956-1957-o`quv yilidan boshlab L.Rozenshteyn) rahbarlik qildi. 1973-yildan boshlab Umumiy tarix kafedrasida Q.Saribaev va Tarix kafedrasida J.Arzixanovlar kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi. 1990-yili Nukus davlat pedagogika instituti yangidan tashkil qilinganidan keyin Qoraqalpoq tili va adabiyoti fakul`teti tarkibida tarix fanidan o`qituvchilarni tayyorlash ishlari davom ettirildi va shu mutaxassislik bo`yicha yosh kadrlarni tayyorlash boshlandi. 1991-1992-o`quv yilida Tarix-geografiya kafedrasi tuzildi va unga tarix fanlari nomzodi J.Үbbiniyazov rahbarlik qildi. 1993-yil 1-oktyabrda Tarix-geografiya kafedrasi ikkiga bo`linib, Tarix kafedrasi qayta tashkil qilindi. 1994-1995-o`quv yilida Tarix kafedrasi boshlig`i lavozimida B.SHamambetov faoliyat olib borgan bo`lsa, 1995-yildan M.Mambetullaev rahbarlik qildi. 1995-1996-o`quv yilida tarix mutaxassisligini tayyorlovchi yangi ikki kafedra – Jahon tarixi va O`zbekiston tarixi kafedralari tashkil qilindi. Jahon tarixi kafedrasini M.Mambetullaev va O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalqlari tarixi kafedrasiga M.Tleo`muratov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi. 2002-2005-yillarda O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalqlari tarixi kafedrasiga R.Axmetshin rahbarlik qildi. 2005-yil avgust oyida Tarix-geografiya fakul`teti tarkibidagi Jahon tarixi va O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalqlari tarixi kafedralari Tarix kafedrasiga biriktirildi. Kafedra mudiri lavozimida M.Mambetullaev tayinlandi. 2009-yildan boshlab Tarix kafedrasini A.Saribaev boshqarib kelmoqda. 2014-2015-o`quv yilidan kafedra Tarix o`qitish metodikasi bo`lib yangidan tuzildi.    

  1. Tarix o`qitish metodikasi kafedrasi o`qituvchilari haqida MA`LUMOT
q/s Oqıtıwshınıń F.I.Sh Tuwılǵan jılı Ilimiy dárejesi Ilimiy ataǵı     Lawazımı
1 Sarıbaev Aziz Ktaybekovich 1973 Tariyx ilimleri kandidatı Kafedra baslıǵı
2 Shamambetov Berdambet 1935 Tariyx ilimleri doktorı docent docent
3 Tleumuratov Makset 1937 Tariyx ilimleri kandidatı professor professor
4 Abdullaeva Yaxshibeka Atamuratovna 1958 Tariyx ilimleri doktorı docent docent (0,5 stavka)
5 Koshanov Baxıt Abdikerimovich 1958 Tariyx ilimleri doktorı professor professor (0,25 stavka)
6 Sarıbaev Maman Ktaybekovich 1970 Tariyx ilimleri doktorı docent docent (0,5 stavka)
7 Kudiyarova Tillaxan Asanovna 1971 Tariyx ilimleri kandidatı docent docent
8 Bazarbaev Raximnazar Jumanazarovich 1973 Tariyx ilimleri kandidatı docent docent
9 Yusupov Ongarbay Jumabaevich 1949 úlken okıtıwshı (0,5 stavka)
10 Madiyarova Galiya Tolegenovna 1969 úlken okıtıwshı
11 Ermanov Alisher Bekmuratovich 1975 úlken okıtıwshı
12 Reymbaev Rustem Sarsenbaevich 1978 úlken okıtıwshı
13 Abdukarimov Abduxalık Amurovich 1983 úlken okıtıwshı
14 Madreymov Farxat Maxsetbaevich 1983 úlken okıtıwshı
15 Dosmaganbetov Sarıbay 1961 assistent oqıtıwshı
16 Saparov Nazbergen Janabaevich 1973 assistent oqıtıwshı
17 Akimniyazova Gul’naz Abdinaymovna 1975 assistent oqıtıwshı
18 Kayıpnazarov Aynazar Shernazarovich 1980 assistent oqıtıwshı
19 Kalendarov Uktam Kutlimuratovich 1985 assistent oqıtıwshı
20 Abdullaeva Zuxra Muratbaevna 1973 assistent oqıtıwshı
21 Allaniyazova Miyirxan  Zaripbaevna 1985 assistent oqıtıwshı (0,5 stavka)
22 Abdullaev Anvar Atamuratovich 1983 assistent oqıtıwshı (0,5 stavka)
23 Najimova Firuza Marqabaevna 1980 assistent oqıtıwshı (0,5 stavka)
24 Eskaraev Talgat Amangeldievich 1980 assistent oqıtıwshı (0,25 stavka)
25 Ametov Timur Almasbaevich 1980 assistent oqıtıwshı (0,25 stavka)

 

  1. 2017-2018-o`quv yilida Tarix o`qitish metodikasi kafedrasining yillik o`quv yuklamasida jami 16533 soat bo`lib, shundan ma`ruza 3938 soat, amaliy 428 soat, seminar 5996 soat, laborotoriya 150 soat, reyting 2406 soat, kurs ishi 308 soat, ochiq dars 370 soat, amaliyot 912 soat, baklavr bitiruv malakaviy ishi 1525 soat, magistrlik dissertatsiya 350 soat, doktorantga rahbarlik 150 soat o`tilishi rejalashtirilgan.

  Tarix o`qitish metodikasi kafedrasi bo`yicha 2017-2018-o`quv yilida kafedrada o`qitiladigan fanlar ro`yhati  

Fan nomi (o`quv rejasi bo`yicha) Kursi Semestri Umumiy soatlar
BAKALAVRIAT 5110600 TARIX O`QITISH METODIKASI TA`LIM YO`NALISHI
1 Jahon tarixi 1,2,3,4 I-VIII 920
2 O`zbekiston tarixi 1,2,3 I-VI 676
3 Arxeologiya 1 I-II 122
4 Markaziy Osiyoning qadimgi yozma yodgorliklari 1 I-II 162
5 Qoraqalpoq xalqining ma`naviy va moddiy madaniyati 1 II 130
6 Tariyx oqitio` metodikasi 2 IV-V 298
7 Etnologiya 2 III 122
8 Tarixiy geografiya 2 III 122
9 Tarixshunoslik. 3 V 120
10 Manbashunoslik 3 V 132
11 Qoraqalpog`iston tarixi 3 VI-VIII 202
12 Tarixni o`qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish 3 VI 114
13 Muzeyshunoslik 3-4 VI, VII -VIII 124
 14 Muzeyshunoslik 3 VI 68
15 Tarix fanini o`qitishning dolzarb masalalari 4 VII-VIII 61
16 Markaziy Osiyo xalqlari tarixi 4 VII-VIII 134
17 O`zbek davlatchiligi tarixi 4 VII-VIII 142
18 Arxivshunoslik 4 VII-VIII 114
19 O`zbekiston tarixi (fakultetlar aro) 1 I 116
20 Qoraqalpog`iston tarixi (fakultetlar aro) 1 II 40
MAGISTRATURA 5A110601 IJTIMOYI-GUMANITAR FANLARNI O`QITISH METODIKASI (TARIX) MUTAXASSISLIGI
1 Tarix ta`limi jarayonida analiz va pedagogik tadqiqotlar 1 II 132
2 Eng yangi tarixning dolzarb masalalari 1 I-II 198
4 Tarix fani metodologiyasi 1 I-II 180
5 Jahon tsivilizatsiyalari tarixi 1 II 60
6 XVI-XIX asrlarda qoraqalpoqlar 1 II 60
7 Mustaqil O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 1 II 60
8 Tarix ta`limi: analiz va tadqiqot usullari 2 III 66
9 Mutaxassilik fanlarni o`qitish metodikasi 2 III 100
10 Tarix ta`limi jarayonida pedagogik tadqiqotlar: nazariya va amaliyot 2 III 80
11 Janubiy Orol bo`yi xalqlari mustamlaka davrida 2 III 108

           

  1. Kafedra o`qituvchilari tomonidan nashr qilingan darslik, o`quv qo`llanma, metodik qo`llanma, monografiyalar (2017 yil uchun).

 

Uslubiy qo`llanmalar
Muallif (lar) Номи Nashriyot nomi Necha bosma taboq
1 YA.Abdullava, A.Abdullaev, A.Abdullaeva Өzbekistan tariyxi pәnin oqitio`da hәm өz betinshe өzlestirio`de jaңa pedagogikaliq texnologiyalardan paydalanio`diң usillari Nөkis «Qaraqalpaqstan» 2017-jil 4,5
2 T.Kud`yarova, G.Akimniyazova Tariyx oqitio`da texnologiyalar hәm proektlestirio` Әjiniyaz atindag`i NMPI kishi baspaxanasi 2017-jil 5,5

 

  1. Kafedra yutuqlari. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Respublikamizning ta`lim muassasalari uchun tarixchi pedagog-kadrlarini va yangi intelektual yoshlarni shakllantirishda kafedramizning o`rni alohida bo`ldi. SHu maqsadda kafedra yangidan o`quv rejalarini, fanlarning o`quv dasturlarini, seminar va o`quv metodik adabiyotlarni yaratish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Kafedra o`quv rejasiga elimiz tarixini chuqur o`rganish maqsadida yangidan O`zbekiston tarixi, Qoraqalpog`iston tarixi, Tarixiy o`lkashunoslik fanlari kiritildi. Tarix mutaxassisligi talabalarining tarixiy va madaniy esdaliklarni o`rganishlari uchun arxeologik dala amaliyoti tashkil qilindi.

1993-1994-yil may oyida tarix mutaxassisligi talabalariga arxeologik dala amaliyotini o`tkazish boshlanib, Xo`jayli tumanidagi Mizdakxon arxeologik ob`ektida arxeologik dala amaliyoti olib borildi. 1995-1996-o`quv yilidan boshlab, Kerder madaniyati bo`yicha arxeologik tadqiqotlar tarix mutaxassisligining 1-kurs talabalari dala-o`quv amaliyotini Nukus tumani hududida, keyinchalik CHimboy va Taxtako`pir tumani hududida olib borildi. Bu yangi davr talabiga mos kadrlar tayyorlashda, talabalarda ta`lim-tarbiya va milliy g`oyani shakllantirishda  alohida o`rin egallaydi. Mustaqillik yillarida kafedra professor-o`qituvchilari ta`lim-tarbiya ishlari bilan birga ilmiy-tadqiqot ishlarida ham bir qator natijalarga erishdi. Institutning mustaqillik yillarida yangidan qayta tashkil qilinishi davrida kafedraning professor-o`qituvchilari tomonidan monografiya, darslik, o`quv qo`llanmalarni tayyorlashda faol ishtirok qildi. XXI asrning boshlarida kafedra o`qituvchilari «Qoraqalpog`iston tarixining dolzarb masalalari» nomli ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishida kafedra alohida yutuqlarga erishdi. 2000-2017-yillarda kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 17 monografiya, 16 darslik va o`quv qo`llanmalari, bir necha metodik qo`llanmalar, ilmiy maqolalar va tezislari nashrdan chiqarildi. Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga davlat grantini olishi va shu ilmiy mavzular bo`yicha faoliyat olib borishga alohida e`tibor qaratildi. Kafedra professor-o`qituvchilari O`zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish va muvofiqlashtirish markazining fundamental, amaliy va innovatsion grantlari hisobidan ilmiy ishlar olib borildi. 2000-2008-yillar oralig`ida kafedrada O`zbekiston Respublikasi Fan va texnika markazining davlat granti asosida jami 5 ta ilmiy mavzu bo`yicha ish olib borildi. Professor M.Mambetullaev rahbarligida 2000-2002-yillarda «O`rta asr o`zbek davlatchiligining rivojlanishida Kerder va Xorazm madaniyatining o`rni», 2003-2005-yillarda «Amudaryo del`tasida o`rta asrlar davri shahar madaniyati (VI-XII a.a.)», 2005-2008-yillarda «Qoraqalpog`iston qal`alarining o`rta asrdagi urbanizatsiyasi (VI-XII a.a.)», katta o`qituvchi O.YUsupov 2003-2004-yillarda «SHimoliy O`zbekistondagi qoraqalpoqlar (o`rta asr va yangi davr)», dotsent M.Saribaev 2004-2006-yillarda «Sovet hukumatining paxta monokul`turasi siyosati va uning Qoraqalpog`istondagi oqibatlari» mavzusida ilmiy loyihalarni amalga oshirdi. Bu yuqoridagi ilmiy grant yo`nalishi bo`yicha kafedra o`qituvchilari tomonidan shu vaqtlarda 5 monografiya, 5 darslik va 72 ilmiy maqolalar nashrdan chiqdi. Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bo`yicha 2001-yilda  «Kerder madaniyati va uning tarixda tutgan o`rni» mavzusida Respublika ilmiy-nazariy konferentsiya o`tkazildi va to`plam holida nashr qilindi. Mustaqillik yillarida kafedra tomonidan tarixchi ilmiy kadrlar tayyorlashga alohida e`tibor qaratildi. 1992-1993-o`quv yilidan boshlab kafedra qoshida «Tarix» mutaxassisligi bo`yicha aspirantura ochildi. 1994-yil Tarix kafedrasidan tarix fanlari nomzodi, dotsent B.SHamambetov «1965-1985-y.y. Qoraqalpog`istonning agrar rivojlanishi: tajribalar va muammolar» mavzusida ilmiy doktorlik dissertatsiyasinimuvaffaqiyatli himoya qildi. SHu yili tarix fanlari nomzodi M.Mambetullaev Respublikamizda arxeologiya ilmi sohasida birinchilardan bo`lib «Antik davrdagi Janubiy Xorazmning tarixi va madaniyati: qal`alar va elatlar (eramizgacha IV asr – eramizning IV asri)» mavzusida ilmiy doktorlik dissertatsiyasini, 1996-yilda R.Axmetshin «Qoraqalpog`istonda madaniy –ma`rifiy ishlar urushdan keyingi yillarda (XX asrning 40-yillari ikkinchi yarmi va 50-yillar)» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. So`nggi yillarda kafedramiz tarkibi ilmiy darejali kadrlar bilan yanada o`sti. 2005-yilda YA.Abdullaeva «Jenskiy vopros v Karakalpakstane v kontse XIX-XX v.v. (sotsial`no-politicheskiy aspekt)» va 2008-yilda M.Saribaev «Politika xlopkovoy monokul`turi sovetskoy vlasti i eyo posledstviya v Karakalpakstane (1917-1990 gg.)» mavzusida doktorlik, 2001-yilda G.Davletova «Taxtakupirskoe vosstanie 1929-goda» va 2006-yilda T.Qudiyarova «Istoriya profsoyuznoy organizatsii Karakalpakstana (1917-1941 g.g.)» mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildi. Hozirgi vaqtda kafedraning ilmiy sifat ko`rsatkichi 32,0% bo`lib,  talim va tarbiya ishlariga alohida e`tibor qaratilgan. O`zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari miqiyosida taniqli o`qituvchi olimlarimiz  B.SHamambetov, M.Tleo`muratovlar bir qator yosh olimlardan fan doktorlarini tayyorlab respublikamiz tarix ilmini rivojiga hissa qo`shmoqda, Mustaqillik yillaridan boshlab Tarix kafedrasi professor-o`qituvchilari chet el yuqori o`quv o`rinlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan faoliyat yuritib kelmoqda. 2001-yilning may oyida tarix fanlari nomzodi YA.Abdullaeva «Ustoz» fondi tomonidan Rossiya Federatsiyasida M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida malaka oshib keldi. 2008-yilda professor M.Mambetullaev (tarix fanlari doktori T.Xodjaev bilan birga) «Erta o`rta asr esdaligi Kuyik qal`a» nomli monografiyasi Moskvada nashrdan chiqarildi, Rossiya Federatsiyasi Fanlar Akademiyasining N.N.Mikluxo-Maklay nomidagi etnologiya va antropologiya institutining «Oltin o`nlik – 2008» Fahriy yorlig`iga sazovor bo`ldi. 2011, 2016 va 2017 yillarda «Janubiy Orol bo`yi arxeologiyasi, etnografiyasi, tarixi va tarixshunoslikning dolzarb masalalari» mavzusida institutda 2 marta xalqaro va 1 marta respublika ilmiy-nazariy konferentsiyalari kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan tashkil qilindi. O`z navbatida, kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan chet el Xalqaro konferentsiyalarida o`zlarining ilmiy bayonotlari bilan ishtirok qilib kelmoqda. Kafedra professor-o`qituvchilari talabalarning arxeologik dala amaliyotlariga rahbarlik qilish bilan birgalikda, xalq aro ahamiyatga ega bo`lgan ekspeditsiya ishlarida ham ishtirok qilmoqda: kafedra assistent-o`qituvchisi N.Saparov Rossiya davlat Ermitaji bilan birgalikda Buxoroda olib borilayotgan «O`zbek-Rossiya» qo`shma arxeologik ekspeditsiyasida muntazam ishtirok qilib kelmoqda. Poykent qal`asida olib borilayotgan bu ekspeditsiya ishlarining natijalari Sankt-Peterburgda nashr qilinadigan «Materiali Buxarskoy arxeologicheskoy ekspeditsii» atamasidagi ilmiy-ijtimoiy to`plamda nashrdan chiqmoqda. Mustaqillik yillarida kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan talabalar orasida ta`lim-tarbiya ishlarini sifatli olib borish bilan bir qatorda, ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish va yo`naltirishda yuqori natijalarga erishdi. Tarixchi talabalar orasidan 1999-2017-yillarda davlat stipendiyalari g`oliblari etishib chiqdi. Ulardan: Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga SH.Qallibekova, F.Najimova, A.Abdullaev va S.Omarovlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan stipendiga A.Qayipnazarov va Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI rektorati tomonidan tashkil qilingan Ajiniyoz nomidagi stipendiyaga N.Tleo`muratova, V.Seyfullaeva, N.Djumageldiev va A.Abdullaevalar sazovor bo`ldilar. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidatalaba yoshlarni Tarix mutaxassisligi bo`yicha Vatanimizga sodiq va komil insonlar qilib tarbiyalashda, ularninig jahon tarixini chuqur o`rganish, madaniy-ma`naviy va intellektual o`y-fikrini shakllantirishda yanada rivojlantirishda kafedramizning tarixchi ustoz-olimlari fidoiylik bilan ulush qo`shib, kelajakda shu yo`nalishda yuqori ko`rsatkichlarga erishish yo`lida mehnat qilmoqdalar.