AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi

Qoraqalpog`iston Respublikasinda ta`lim-tarbiya beruvchi oliy pedagogik ta`lim muassasasi ochilishiga mos geografik bilim berish masalasi kun tartibiga ko`yildi va o`z echimini topdi. 1953-1954 o`quv yilida tabiyatshunoslik-geografiya fakul`teti tarkibida geografiya kadrlarini tayyorlashni etilishtirish maqsadidp geograf mutaxassislar tayyorlash bo`limi ochilib, unga dastlab T.F. Nigay rahbarlik qildi, keyin 1954-yili geografiya-kimyo kafedrasы alohida ajraldi, o`nga kimyo fanlari doktorы, professor P.Z. Fisher rahbarlik qildi. SHu davrlardan boshlab pedagogik institutning strukturasida geografik oliy bilim beradigan ta`lim markazining tamal toshi quyildi va geografiya kafedrasining dastlabki mudiri qilib dotsent N.A. Bem tasdiqlanadi. YAngidan tashkillashtirilgan geografiya kafedrasida T.F. Nigay, E. Umurbaev, Q. Urazovlar ish boshladi. SHuningdek, A.T. Turdыmetov, M. Barlыbaev, geografiya fanlari nomzodi, professor J. Matmuratov, geografiya fanlari nomzodi, dotsent A.B. Bekbulatov, A.T. Tileo`bergenov, geologiya-minerologiya fanlari nomzodi J. Ibragimov, geolog  Q. Urazovlarni takidlash o`rinli. Pedagogik institut tarkibida oliy toifali geograf kadrlar tayyorlash, ilimiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va o`ning samaradorligini orttirishga faol qatnashgan kafedraning professor-o`qituvchilari J.Matmuratov (1963-1976) va dotsent A.Bekbulatov, Q.Orazov, E.Umurbaev, A.Turdametov, J.Ibragimov, A.Tileo`bergenovlarning nomlarini alohida takidlash o`rinli. SHu davrdan boshlab Qoraqalpoq davlat pedagogik institutida oliy kvalifikatsiyali geograf mutaxassislar tayyorlashning tamal toshi ko`yildi va aholi millatlarining o`g`il-qizlari hisobidan respublikaning xalq-xo`jaligi sohalari uchun geograf mutaxassislar tayyorlash boshlandi. Pedagogik institut tarkibida oliy kvalifikatsiyali geograf mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va o`ning samaradorligini orttirishga faol qatnashgan kafedraning avvalgi mudirlaridan professor J. Matmuratovtың (1963-1976) va dotsent A.Bekbulatovlarning rolini alohida aytib o`tish o`rinli. O`lar o`zlarining ilmiy pedagogik o`mrining qoq yarmini kadrlar tayyorlash, oliy o`quv yurtlari uchun qo`llanmalar yaratish, metodik qo`llanmalar va ko`rsatmalar, shuningdek ilmiy-monografik ishlarni tayyorlashga bag`ishladi. Pedagogik institut 1990-yili alohida yangidan oila paydo bo`lgandan keyin Nukus davlat pedagogik instituti deb nomlanib, 1993-yilning sentyabr` oyidan boshlab tarix-geografiya bo`limida alohida geografiya kafedrasi ajralib o`nga g.f.n dotsent. J. Jalg`asbaev (1993-1996) mudirlik qildi. Kafedrada o`qituvchilardan dotsent Q.Dao`letova, R.Gaypova, G.Utepova, A.Qurbaniyazov va J.Abdiramanovlar faoliyat boshladi. SHu paytning o`zida kafedra o`qituvchilari birnechta monografik ishlarning, metodik qo`llanmalarning, ilmiy maqolalarning mualliflari bo`ldi. 1997-yildan geografiya  kafedrasini g.f.d., prof. E.K.Umarov, 2003-yildan g.f.n. dots. A. Qurbaniyazovlar mudirlik qildi. 2008-yildan boshlab hozirgacha  geografiya kafedrasini p.i.k., dots.R.Gaypova boshqarib kelmoqda. Kafedrada hozirda 1 fan doktori, 4 fan nomzodi va dotsentlar, 5 katta o`qituvchi va 3 assistent o`qituvchilar faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 2009-yilda Nukus shahrida o`tkazilgan «O`zbekiston geografiya jamiyati»ning VIII s`ezdida kafedramizning o`qituvchilari va talaba yoshlarining ilmiy mehnatlari s`ezd materiallarida nashrdan chiqdi. NDPI geografiya bo`limi talabalari va kafedra jamoasi O`zbekiston Geografiya jamiyati VIII s`ezdi delegatlari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo`ldi. Geografiya kafedrasida kadrlar tayorlash masalasi bilan bir qatorda  ilmiy-tadqiqod ishlarini tashkillashtirish va o`ning samaradorligini oshirish masalalariga de alohida e`tibor berilmoqda. Keyingi besh yil ichida (2009-2014 yillar) kafedraning professor-o`qituvchilari tarafidan 112 ilmiy-maqola, 14 o`quv-metodik qo`llanma, 7 monografik ishlar tayyorlandi va nashrdan chiqarildi. Takidlangan yillar ichida kafedraning iqtidorli talabalari ilim-tadqiqot ishlari yakunlari bo`ymcha respublik va xalqaro anjuman materiallarida, ilmiy jurnallarda 16 maqolasi va 2 ilmiy-metodik ko`rsatmasi nashrdan chiqarildi. Kafedrada 2011-2012 o`quv yilida «Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari» bakalavr ta`lim yo`nalishi 4-b guruh talabasi X.Tajibaeva «Ajiniyoz» nomidagi stipendiya sovrindorligini olgan bo`lsa, keyingi 2013-2014 o`quv yilida «Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari» bakalavr ta`lim yo`nalishi 4-b guruh talabasi Q.Uzaqbaev «Ulug`bek» nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo`ldi. Bundan tashqari 2014-yili may oyida O`zbekiston milliy universitetida o`tkazilgan Respublika 2-tur fan olimpiyadasida «Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari» bakalavr ta`lim yo`nalishi 4-b guruh talabasi M.Sobirov «Geografiya» bo`yicha 3-o`rinni olishga muaffaq bo`ldi. Kafedra professor-o`qituvchilari O`zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish va muvofiqlashtirish markazining fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy grantlari hisobida keng ko`lamli  ilmiy ishlarni bajarishga erishilib kelmoqda. SHular qatorida g.f.n., prof. E.Umarov boschiligida A-1-194 «Regional`nыe problemы sotsial`no-demograficheskogo razvitiya sel`skoy mestnosti Respubliki Karakalpakstan s uchetom ekologicheskix osobennostey regiona» (2006-2008 jj., kөlemi 33,2 mln. sum), ID-1-6 atamasidagi «Razrabotka i podgotovka k izdaniyu novogo pokoleniya uchebnika Ekonomicheskaya i sotsial`naya geografiya Karakalpakstana» dlya studentov vыsshix uchebnыx zavedeniy obuchayuщixsya na karakalpakskom yazыke (2009-2010 jj. kөlemi 13,1 mln. sum), shuningdek Berdoq nomidagi QDU iqtisod va Geografiya kafedrasi professor-o`qituvchilari bilan birgalikda ishlanayotgan OT-F7-037 «Razrabotka regional`noy strategii ustoychivogo ekonomicheskogo razvitiya sel`skoy mestnosti Respubliki Karakalpakstan» atamasidagi fundamental ilmiy grant mavzularini takidlash alohida o`rinli. YUqoridagi ilmiy yo`nalishlar bo`yicha kafedra o`qituvchilari tomonidan 3 monografiya, 5 o`quv-metodik qo`llanma, 32 ilmiy-maqola va 11 ilmiy tezislarni nashrdan chiqardi. 2016-yil davomida kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 3 monografiya, 1 metodik qo`llanma, ilmiy jurnallarda 3 maqola, xalqaro to`plamlarda 2 maqola va 17 ilmiy tezislar nashrdan chiqdi. Iqtidorli talabalar tomonidan 7 tezis nashrdan chiqdi. 2017-yilda kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 1 monografiya, 2 metodik qo`llanma, ilmiy jurnallarda 3 maqola, ilmiy to`plamlarda 3 maqola va 12 ilmiy tezislar nashrdan chiqdi. Iqtidorli talabalar tomonidan 9 tezis nashrdan chiqdi. NDPI Geografiya o`qitish metoikasi kafedrasi o`qituvchilari har yili xalqaro «Er kuni», Atrof muhitni asrash, shuningdek xalqaro «tog` kuni»ga bag`ishlangan konferentsiya va seminarlar tashkillashtirilib, o`larga kafedraning barcha talabalari faol qatnashadi. SHuningdek, kafedrada ta`lim-tarbiya, ilmiy-metodik ishlar bilan bir qatorda sport bellshuvlariga ham lohida e`tibor qaratilmoqda. SHunga mos ravishda 2013-2014 o`quv yilining o`zida institut bo`yicha o`tkazilgan sport musoboqalarida fakul`tet jamoasi 1-o`rinni egalladi va o`nda geografiya talabalarining salmoqli hissasi bor.

Geografiya oqitsh metodikasi kafedrasi bo`yicha 2017-2018-o`quv yilida kafedra tarafidan o`qitiladigan fanlar ro`yxati

Ta`lim yoo`nalishi Fanning nomi (Isshi oqio` jobasi boyinsha) Semestri Kursm Umumiy soatlar soni Sonnan
Ma`ruza Amaliy Laboratoriya Seminar Mustaqil ish
B A K A L A V R I A T
1 Geografiya o`qitish metodikasi Umumiy er bilimi I-II 1 288 60 66 162
2 Geografiya o`qitish metodikasi Geologiya I-II 1 226 54 68 104
3 Geografiya o`qitish metodikasi Tuproqlar geografiyasi II 1 112 38 38 36
4 Geografiya o`qitish metodikasi Topografiya va kartografiya I-II 1 218 56 56 106
5 Geografiya o`qitish metodikasi Geoekologiya I 1 60 18 18 24
6 Geografiya o`qitish metodikasi Geografiyaga kirish I 1 42 16 16 10
7 Geografiya o`qitish metodikasi Biogeografiya III 2 68 20 18 30
8 Geografiya o`qitish metodikasi Noishlab chiqarish sohalari geografiyasы II 1 64 18 20 26
9 Geografiya o`qitish metodikasi Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi III-VI 2 342 116 116 110
10 Geografiya o`qitish metodikasi Jahon iqtisodiy va ijtimoiy  geografiyasi III-VI 2-3. 454 176 178 100
11 Geografiya o`qitish metodikasi Aholi geografiyasi IV 2 158 44 46 68
12 Geografiya o`qitish metodikasi Geografiyadan didaktik ko`rgazma qurollar tayyorlash IV 2 72 14 14 44
13 Geografiya o`qitish metodikasi Geografiya darslarida texnik qurollardan foydalanish III 2 68 12 14 42
14 Geografiya o`qitish metodikasi Geografiya o`qitish metodikasi V-VI 3 222 72 72 78
15 Geografiya o`qitish metodikasi O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi V-VI 3 256 78 78 100
16 Geografiya o`qitish metodikasi O`zbekiston tabiiy geogrfaiyasi VI-VII 3-4. 256 74 74 108
17 Geografiya o`qitish metodikasi O`rta Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy  geografiyasi VI 3 200 58 60 82
18 Geografiya o`qitish metodikasi Geografiya o`kitishda innovatsion texnologiyalar V 3 126 28 28 70
19 Geografiya o`qitish metodikasi O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy  geografiyasi VII-VIII 4 194 66 68 60
20 Geografiya o`qitish metodikasi Toponimika VII-VIII 4 180 48 52 80
21 Geografiya o`qitish metodikasi Qoraqalpog`iston iqtisodiy va ijtimoiy  geografiyasi VIII 4 58 18 20 20
22 Geografiya o`qitish metodikasi Qoraqalpog`iston tabiiy geografiyasi VIII 4 58 20 18 20
23 Geografiya o`qitish metodikasi O`lkashunoslik VIII 4 136 40 42 54
24 Geografiya o`qitish metodikasi SHaharlar va qishloq joylari geografiyasi VIII 4 90 20 20 50
25 Tarix o`qitish metodikasi Markaziy Osiyo geografiyasi I 1 76 18 20 38
26 MG`, MA va HT Geografiya I 1 142 38 38 66
27 CHet tili Mamlakatshunoslik (geografiya) II 2 104 28 28 48
Jami   4270 1248 1060 124 102 1736