AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

O’zbekiston Respublikasidan ketmay turib, sifatli ta’lim olish hamda jahonning 50 ta eng uzoq tarixiga ega bo’lgan va eng yaxshi oliygohlari tarkibiga kirgan xalqaro oliygohning diplomini olish orzusida bo’lganlar diqqatiga!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti va mintaqaviy rahbar va novator – GRBS, O’zbekistonda AССA bilan hamkorlikda OKSFORD BRUKS universitetining amaliy buxgalterlik hisobi bo’yicha FAN BAKALAVRI DIPLOMINI olish uchun ro’yxatdan o’tish boshlanganligini e’lon qiladi.

Ushbu dasturning formati, ta’lim berish shartlari va uslubiyoti jahon darajasida betakrordir, chunki u 1 yillik kasbiy ta’lim olishning betakror tizimiga asoslangan (“International Foundation Diploma for Higher Education Study”) + 3 yil asosiy ta’lim olish + amaliyot o’tash, ta’lim yakunida siz 1 emas, 3 ta xalqaro diplom + qo’shimcha xalqaro sertifikatsiyaga ega bo’lasiz.

BIZNING AFZALLIKLARIMIZ VA SIFATDAGI FARQIMIZ:

O’zbekistonda yagona bo’lgan xalqaro tayyorlov yillik ta’lim dasturi – “International Foundation Diploma for Higher Education Study” (L3IFDHES), 150 yillik afsonaviy tarixiga ega bo’lgan OKSFORD BRUKS universitetiga, birinchi o’quv yilini yakunlagandan so’ng bakalavr darajasiga bevosita kirish imkonini beradi,

Bangor University, Birmingham city University, Carroll University, Coventry University International Study Centre, CQ University Australia, University of Derby, Limerick Institute of Technology, Liverpool Hope University, National College of Ireland, ONCAMPUS GLOBAL – London South Bank University, University of Sunderland, University of Hull, Coventry University, Birkbeck, University of London, University of Central Lancashire (UK) and Wheelock College Boston, University of Rhode Island, California State, Monteray Bay (USA) va boshqa oliygohlar kabi, jahonning 71 dan ortiq universitetiga o’qishga kirish imkoniyatlari.

1000 dan ortiq talabalar va xalqaro sertifikatlangan o’qituvchilar tarkibi bilan, ACCA dasturlari bo’yicha 12 yilllik muvaffaqiyatli ta’lim berish tajribasiga ega.

ACCA ning o’quv materiallarining akkreditatsiyalangan nashriyotchisi – BPP dan asl o’quv qo’llanmalari, Buyuk Britaniyadan yetkazib beriladi. ACCA malakasi berilishi uchun ta’lim bo’yicha BPP ning o’quv materiallari ushbu sohada ulkan ish tajribasiga ega bo’lgan uning o’z mualliflari guruhi tomonidan, va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish uchun mo’ljallangan o’quv qo’llanmalarini yaratish uchun nimalar kerakligini a’lo biladigan ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan.

Mashg’ulotlar Toshkent shahrining markazida joylashgan, 1200 kv. metrdan ortiq maydonli, zamonaviy, eng ilg’or texnologiyalarga muvofiq jihozlangan, qo’riqlanadigan va o’zining bepul avtomobillar to’xtash joyiga ega bo’lgan binoda o’tkaziladi. Bino “Oybek” metro bekatiga va boshqa ijtimoiy transport turlari bekatlariga bevosita yaqin yerda joylashgan.

Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun joylar + bepul va yuqori tezlikdagi Wi-fi (10mb/s) + choy, qahva, shirinliklar, mevalar cheklanmagan miqdorda.

Yirik xalqaro, xususiy va davlat tashkilotlarida amaliyot o’tash, va keyinchalik nafaqat O’zbekistonda, balki undan tashqarida ham ishga joylashishda ko’maklashish.

O’zbekiston Respublikasining butun hududi bo’ylab, ham mahalliy, ham chet el talabalarga eng maqbul narxlar bo’yicha, yuqori ta’lim berish sifati bilan, ta’lim berish uchun grantlarni va imtiyozli kreditlarni olishda ko’maklashish.

2019 yil 30 yanvar sanasigacha ro’yxatdan o’tish uchun qabul amalga oshiriladi

Biz ta’lim berish sifatiga nihoyatda katta e’tibor beramiz, shu sababli joylarning soni qat’iy cheklangan!

Batafsil ma’lumot olish uchun:

O’quv rejasi

kirish bo’yicha talablar

ro’yxatdan o’tish

qiymati

me’yoriy-huquqiy asosi

ACCA – Oksford Bruks universitetining hamkorlikdagi dasturi haqida

Bizga murojaat qilishdan avval uch tilli saytda taqdim etilgan barcha ma’lumotni diqqat bilan o’rganib chiqing

WWW.ACCA-OBU.UZ